Andijondagi maktabda 2 kishi spirt ichib vafot etdi
3-sahifa
−
31 Oktabr 2025 10441 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi maktab binosida direktor va xo‘jalik ishlari bo‘yicha xodimlar laboratoriyada saqlanayotgan texnik spirtni iste’mol qilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, hodisa oqibatida 4 nafar shaxs zaharlangan, shundan 2 nafari – xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va qorovul vafot etgan. Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlanib, vafot etgan edi. Ularning ikki nafari ayol kishi bo‘lgan.
Live
Barchasi