Maktablardagi laborant lavozimi tugatiladi

Jamiyat

image

Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani o‘qituvchilaridan bir nafariga kabinet mudirligi uchun har oy 525 ming so‘m qo‘shimcha haq to‘lanadi. Bu haqda joriy yilning 30 avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan imzolagan buyrug‘ida keltirilgan. 

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani o‘qituvchilaridan bir nafariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida (525 ming so‘m) kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat rahbari maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligini aytib, 2025 yilning sentyabr oyidan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifini bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

laborant kabinet mudirligi qo'shimcha haq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar