Maktablarda jismoniy tarbiya darslari ko‘payadi — vazir o‘rinbosari
Jamiyat
−
22 may 2021
5092O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov Toshkent besh tashabbus harakatining ikkinchi kuni doirasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda so‘zga chiqdi va O‘zbekistonda jismoniy tarbiya soatlari xorijiy mamlakatlar maktablari bilan taqqoslaganda kam ekanini ta’kidladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
“Yosh avlod bolaligidan sport bilan shug‘ullanishi kerak. Shu sababli, 2021–2022 o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari haftasiga 2 soatgacha oshiriladi”, deya ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev oliygohlarga kirishda 5 ta fandan test bo‘lishi hech qayerda tasdiqlanmaganini aytgandi.
LiveBarchasi