Maktablarda yangi o‘quv yili qachondan boshlanadi?
Jamiyat
−
20 avgust 2019 19169 1 daqiqa
O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 2019 yilning 4 sentyabridan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.
Shu munosabat bilan, umumta’lim maktablarida yangi 2019-2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel