Maktablarda yagona forma rasman bekor qilindi
Jamiyat
−
04 Oktabr 2022
146402022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi [558-son] qarorida belgilandi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistondagi maktablarda yagona formani joriy etish masalasi bir necha yildan beri davom etib kelyapti.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarori bilan 2019-2020 o‘quv yilidan maktablarda majburiy formaga o‘tish rejalashtirilgandi. Biroq bu amalga oshmadi.
Hukumatning 2019 yil iyundagi qarori bilan maktablarda yagona majburiy formaga o‘tish 2024/2025 o‘quv yiliga qoldirildi.
Keyinroq joriy yilda yana o‘sha Vazirlar Mahkamasining boshqa bir qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etilishi belgilandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, maktablarda yagona formani 2025 yilgacha bosqichma-bosqich joriy etishga qaror qilindi.
LiveBarchasi