Maktablarda o‘quv yuklamalari kamaytirildi
Jamiyat
−
09 yanvar 2023 7469 1 daqiqa
O‘zbekistondagi maktablarda o‘quv yuklamalari kamaytirildi. Bu bo‘yicha sanitariya-epidemiologik normalariga kiritilgan o‘zgartirishlarda belgilandi.
Haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi:
1-sinflar uchun – darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.
2–4-sinflar uchun – darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi);
5–9-sinflar uchun – darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
10-11-sinflar uchun – darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
Bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun – 33 hafta, 2–11-sinflar uchun esa 34 haftadan oshmasligi lozim.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025