Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

Jamiyat

image

Endilikda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25 may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi. Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar”ni ishlab chiqdi

Tadbirni mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligi ta’minlanadi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘ilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini ma’naviy rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

so'nggi qo'ng'iroq 25 may

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing