Maktablarda bahorgi ta’til qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi 

Jamiyat

image

Maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 19 martga to‘g‘ri keladi va IV chorak 28 mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Halq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 19 mart kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi. IV chorak darslari esa 28 mart kunidan boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlab, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqi joriy yil Navro‘z bayramida ketma-ket 5 kun dam oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

554

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing