Maktablarda 4-chorak qachon boshlanishi ma’um qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq joriy yilning 20 mart kuni 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanishi haqida xabar berilgandi.

Xalq ta’ilimi vazirligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirda bahorgi ta’til uzaytirildimi degan juda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 28 martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29 mart ekanini ma’lum qildi.

Shuningdek, vazirlik O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda gibrid shakldagi ta’limga ruxsat etilganini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bo‘lsa, ushbu maktab o‘quvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha ta’limni onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1945

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing