Maktablarda hadis ilmi o‘rgatiladimi? – Prezident maslahatchisi javob berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 28 iyun kuni Islom taraqqiyoti markazida Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumani o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda O‘zbekiston Recpublikasi Prezident maslahatchisi, spichrayteri Xayriddin Sultonovga jurnalistlar tomonidan qachon maktablarda Imom al-Buxoriy, At-Termiziy hadislari o‘qitilishi yuzasidan savollar berildi.

“Bizda maktab darslariga hadis, Qur’on ilmi kiritilmagan bo‘lsa-da, odobnoma, ma’naviyat asoslari, vatan tuyg‘usi haqida, tarix va jahon dinlari tarixi darsliklarimiz bor. Ularning har birida ozmi-ko‘pmi hadislar, din ulamolari va Islom dini haqida ma’lumotlar bor. Gap uni miqdor, hajm jihatdan qancha bo‘lishida emas. Biz o‘tmishda yaratilgan merosning hammasini ko‘r-ko‘rona qabul qilishimiz kerak emas. Bu bugungi taraqqiyotimizga xizmat qiladimi-yo‘qmi? 

Har bir asarlarga o‘sha davrdagi hukmron siyosatga ta’sir qilgan. Albatta, bundan xoli bo‘lgan Qur’on va sahih hadislarimiz bor. Din yo‘lida yaratilgan kitoblar juda murakkab masala. Unda qancha-qancha oqimlar bor. Qancha-qancha sulton, amirlar din nomi bilan o‘ldirilgan. 

Misol uchun, Nodirabegim ham din niqobi bilan o‘ldirilgan. Shuning uchun bu masalaga o‘ta hassoslik bilan yondashishimiz kerak. Islomni yaxshi tushunish uchun ilm kerak, avvalo dinni o‘rgatuvchilarning o‘zida ilm bo‘lishi kerak. Besh yil arab tilini o‘qib, arab tilida o‘z biografiyasini yozib berolmaydiganlar bor. Dinni o‘rganishga sabr toqati yetadigan odamlar kerak. Shuning uchun yoppasiga har bir maktabda din darsini o‘tish to‘g‘ri kelmaydi. Bizga eng mos keladigan shior, “Diling Allohda, qo‘ling ishda bo‘lsin”, deyilgan. Hozir bizda umuman mos bo‘lmagan qora kiyimlarga burkanishmoqda. Avvallari bizni onalarimiz besh mahal namoz o‘qisa-da, qora matolarga burkanmaganku?! 

Avvalo din yuragimizda, dilimizda bo‘lishi lozim. Din ko‘z-ko‘z qilinmaydi. Yana bir gap, din bor va dindor bor. Din, bu – albatta o‘zgarmas haqiqatlar majmuasi. Ammo dindorga xato qilish, yanglishish xos. Shuning uchun dindorlar faqat to‘g‘ri gapiradi, deya o‘ylashimiz ham to‘g‘ri emas. Qonunlarimizda vijdon erkinligi mustahkamlab qo‘yilgan shuni hech qachon unutmasligimiz kerak. Mana shunday Islom sivilizatsiyasi markazilarini biz din bo‘yicha mutaxassislar yetishsin, deb bunyod etmoqdamiz. Alohida iqtidorli bolalarni esa maxsus diniy bilim yurtlarda tarbiyalash maqsadga muvofiq”, deydi Xayriddin Sultonov.


Maqola muallifi

Teglar

Xayriddin Sultonov Xalqaro Press-klub Islom taraqqiyoti markazi

Baholaganlar

89

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing