Bizga qo‘shiqchilar emas, ilm fidoyilari kerak - Xayriddin Sultonov

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyun kuni Islom taraqqiyoti markazida Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumani o‘tkazilmoqda. 

Anjumanda 30 yil ichida ilk bor jonli efirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter Xayriddin Sultonov savol-javoblarda ishtirok etmoqda.

Xayriddin Sultonov Islom taraqqiyoti markazi va unda ishlaydigan kadrlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Islom taraqqiyoti markazida bugun ishlaydigan kadrlar bormi?! Biz ularni tarbiyalashimiz kerak. Islom sivilizatsiyasi markazi haqiqiy yetuk, ilm fidoiylari markazi bo‘lishi lozim. Ilm mashaqqatlariga haqiqatan tayyor bo‘lgan fidoyi yoshlarni ko‘paytirishimiz kerak. Bir, ikki qo‘shiq aytib yulduz bo‘lishga ishqiboz yoshlarimiz ko‘p. Ammo bizga hech narsa bermaydi ular. Bizga ilmga qiziquvchan yoshlar kerak, ularni tarbiyalashimiz lozim. Islom taraqqiyot markazi O‘zbekistonning yangi rennesans davrini boshlab beradi”, dedi Xayriddin Sultonov.


Maqola muallifi

Teglar

Xayriddin Sultonov Xalqaro Press-klub Islom taraqqiyoti markazi

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made