Maktabgacha ta’lim vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 6 martidagi qaroriga ko‘ra, Qahramon Tanzilovich Olimov O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qahramon Olimov 1967 yili tug‘ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.

2018 yildan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligining Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 

2018 yilgacha Buxoro muhandislik texnologiya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Hukumatning 2020 yil 14 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida”gi qarori bilan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qahramon Olimov

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing