Maktabdagi otishmada bir bola halok bo‘ldi
Olam
−
30 mart 1970 1 daqiqa
Bugun, 30 mart kuni Argentinaning Santa-Fe provinsiyasidagi kichik San-Kristobal shaharchasidagi maktablardan birida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqda TN telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujumchi 15-16 yoshlardagi maktab o‘quvchisi bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, maktab xodimlaridan biri uni qurolsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Santa-Fedagi maktab o‘quvchisi binoga qurol bilan kirib, o‘t ochgan va o‘quvchilardan birini o‘ldirgan, yana ikki kishi yaralangan”, deyiladi xabarda.
Halok bo‘lgan bola 13 yoshda bo‘lgan. Maktabda darslar vaqtincha to‘xtatilgan. O‘qituvchilar gumonlanuvchi haqida ijobiy fikrda va uni namunali o‘quvchi sifatida ta’riflashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 16 dekabr kuni Qobiljon Aliyev Moskva viloyatidagi maktabda 15 yoshli Rossiya fuqarosi bo‘lgan o‘smir tomonidan pichoq bilan vahshiylarcha o‘ldirilgandi. Tojikiston TIV bu hujum milliy adovat asosida sodir etilganini bildirgan. Marhum bolaning jasadi 18 dekabr kuni Tojikistonga olib kelingan va Shahri-nav tumanida dafn etilgan. Rossiya tomoni Tojikiston hukumatiga Qobiljon Aliyev ishi bo‘yicha tergov jarayoni haqida rasmiy ma’lumot taqdim etgan va bu masala “alohida nazoratda” ekanini bildirgan.
Live
Barchasi