Maktab va bog‘chalarda ota-onalardan majburiy fond puli yig‘ilishi taqiqlanadi
Jamiyat
−
29 avgust
5224Maktab va bog‘chalarda ota-onalardan majburiy fond puli yig‘ilishi taqiqlanadi. Bu haqda kecha, 28 avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Anjuman davomida jurnalistlar maktablarda ota-onalardan majburiy undiriladigan fond puli haqida so‘ragan. Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev quyidagicha javob berdi:
“Byudjetdan tashqari mablag‘ ishlatgan maktablar bor. O‘sha elementar xizmatni maktabning o‘ziga ko‘chirib, ya’ni qo‘shimcha pullik darslarni yo‘lga qo‘yib, o‘qituvchilarga ustama puli to‘layotgan maktablar mavjud. Mahalliy byudjet hozirda 10 mingdan ziyod maktablarni qoplayapti desak yolg‘on gapirgan bo‘lamiz. Sinf va maktab fondiga pul yig‘ish noto‘g‘ri. Agarda shunday holat kuzatilsa, bizning ishonch telefonlarimizga murojaat qilishingiz mumkin”, deydi vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, majburiy yig‘imlar undirilgan taqdirda, ota-onalar vazirlikning quyidagi ishonch raqamiga murojaat qilishi mumkinligi ta’kidlandi: +998 71 202 09 09
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hilola Umarova 1000 dollardan ziyod maosh olayotgan o‘qituvchilar sonini ochiqlagandi.
LiveBarchasi