Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til sanasi e’lon qilindi
Jamiyat
−
12 dekabr 2024
81291O‘zbekistondagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil 11 yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024 yil 28 dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025 yil 13 yanvar (dushanba)dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qishki ta’til 25 dekabrdan 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etishi belgilangandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi
Trenddagilar

Volodin Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi
32566
14 mart