Maktab o‘quvchisi hammomda telefon “zaryadka”sidan tok urib, vafot etdi
Olam
−
25 noyabr 2019
11771Yoqutistonning Lensk shahridagi 14 yoshli maktab o‘quvchisi hammomda qo‘l telefonini quvvatlash vaqtida vafot etdi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.
Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, qizni yuqori darajada tok urgan. U hammomdaligida telefonini “rozetka”ga ulangan “udlinitel” orqali quvvatlashga qo‘ygan chog‘ida tok urib vafot etgan.
“Qizning kuyib ketgan jasadi va telefon hammom chetida yotardi”, deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari qizning vafoti yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.