Maktab o‘quvchisi hammomda telefon “zaryadka”sidan tok urib, vafot etdi

Olam

−

image

Yoqutistonning Lensk shahridagi 14 yoshli maktab o‘quvchisi hammomda qo‘l telefonini quvvatlash vaqtida vafot etdi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, qizni yuqori darajada tok urgan. U hammomdaligida telefonini “rozetka”ga ulangan “udlinitel” orqali quvvatlashga qo‘ygan chog‘ida tok urib vafot etgan. 

“Qizning kuyib ketgan jasadi va telefon hammom chetida yotardi”, deyiladi xabarda. 

Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari qizning vafoti yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing