Maktab öquvçilari uçun yangi imtihon tizimi joriy etilişi mumkin
O‘zbekiston
−
11:31 536 2 daqiqa
Özbekistonda 4-, 7-, 9- va 11-sinf öquvçilari uçun yangi baholaş va imtihon tizimi joriy etilişi mumkin. Taklif etilayotgan tartib böyiça jamoatçilik fikri örganilmoqda. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, taklif etilayotgan yangi tizim maktab öquvçilarining bilimini baholaş va imtihon oliş tartibini özgartirişni nazarda tutadi. Unga köra, 4-, 7-, 9- va 11-sinflarda öquvçilarning bilim va könikmalari turli şakllarda tekşiriladi. Bunda ayrim sinflardagi baholaş natijalari tavsiyaviy xususiyatga ega bölsa, yuqori sinflardagi imtihonlar öquvçilarning keyingi ta’lim bosqiçini tanlaşida hisobga olinadi.
Xususan, 4-sinf öquvçilari öqiş, matematika va tabiiy fanlar böyiça diagnostik testlardan ötkaziladi. Uşbu testlar bolalarning mazkur fanlar böyiça bilim darajasini aniqlaşga qaratilgan. Biroq test natijalari asosida öquvçilarga baho qöyilmaydi va ularning keyingi sinfga ötişiga ta’sir körsatmaydi.
7-sinfda esa öquvçilarning kasbiy qiziqişlari hamda mantiqiy fikrlaş qobiliyatini aniqlaşga qaratilgan diagnostika ötkaziş taklif etilmoqda. Bu orqali ularning qiziqiş va qobiliyatlarini örganiş közda tutilgan. Diagnostika natijalari faqat tavsiyaviy xususiyatga ega böladi.
9-sinfda asosiy davlat imtihonini ötkaziş rejalaştirilgan. Uning natijalari öquvçilarning şahodatnomasiga baho sifatida kiritiladi. Şuningdek, uşbu natijalar akademik litsey yoki texnikumga öqişga kirişda hisobga olinadi. Biroq yangi tartib öquvçilarning 9-sinfni tamomlagandan keyin maktabda qolib, 10-sinfda öqişni davom ettiriş huquqini çeklamaydi.
11-sinf bitiruvçilari uçun esa yagona davlat imtihonini joriy etiş taklif qilinmoqda. Mazkur imtihon maktabni bitiriş uçun yakuniy sinov bölişi bilan birga, oliy ta’lim muassasalari yoki texnikumlarga öqişga kirişda ham umumiy imtihon vazifasini bajarişi közda tutilgan.
Rejaga köra, yangi baholaş va imtihon tizimi dastlab 2027–2028 öquv yili yakunida Toşkent şahri hamda Navoiy viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Uşbu hududlarda ötkaziladigan sinov natijalari öquvçilarning ta’lim muassasalariga öqişga kirişiga ta’sir qilmaydi. 2028–2029 öquv yili yakunidan boşlab esa yangi tartibni mamlakatning barça hududlarida joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Hozirça mazkur tizim taklif bosqiçida bölib, vazirlik uning yuzasidan jamoatçilik fikrini örganmoqda.
Live
Barchasi