UEFA milliy chempionatlarni avgust oyida yakunlashni rejalashtirmoqda
Sport
−
30 mart 2020
5100UEFA Yevropa milliy chempionatlarini avgust oyida yakunlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tashkilot keyingi mavsumni ham qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb yozdi "The Times" nashri.
Bu UEFA`ning favqulodda ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan ssenariysi. Guruh koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda taqvimni qayta qurish bilan shug‘ullanadi. Mavsum avgust oyida tugashi, tashkilot mutaxassislarining fikriga ko‘ra, pandemiyaning Yevropa futboliga ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin jahon futbolida mavsumni qayta boshlash mumkin bo‘lgan vaqti haqida izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, UEFA mavsumni may oyi o‘rtalarida yoki iyun oyi oxirida tiklashga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlari to‘xtatilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr