Maktab direktorini haqorat qilgan XTB mudiri javobgarlikka tortildi 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda Xalq ta’lim bo‘limi mudiri A.B. 65-umumta’lim maktabi direktori N.X.ni haqorat qilganligi bilan bog‘liq audioyozuv tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Qayd etilishicha, holat tuman prokuraturasi va Xalq ta’lim vazirining Nazorat-huquqiy Xizmati hamkorligida o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, Sariosiyo tumani Xalq ta’lim bo‘limi mudiri maktab direktori N.X.ni uning xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatdagi mavjud odob-ahloq qoidalariga rioya qilmaganligi uchun turli so‘zlar bilan haqorat qilib, uning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan A.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudining 12 avgustdagi qaroriga ko‘ra, A.B. MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

390

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing