Maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida oqib ketdi

3-sahifa

image

Farg‘onada maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida oqib ketdi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi.

Unda aytilishicha, 25 mayda kunning ikkinchi yarmida Qo‘shtepa tumanidagi maktablarning biridagi bitiruvchilar “Paxtakor” MFY hududidan oqib o‘tadigan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida borgan. Ulardan biri esa cho‘milish vaqtida suvdan qaytib chiqmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Hozirda xodimlar voqea joyida qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosiga 3 nafar voyaga yetmagan bola cho‘kib ketgani oqibatda suv ostidan ulardan murdasi topilgandi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan sevgan qizini qutqarib olaman deb cho‘kib ketgandi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing