MakSimning tirik qolishiga umid yo‘qmi? Xonandaning vakili izoh berdi

Madaniyat-san’at

image

Avval xabar berganimizdek, rossiyalik xonanda MakSim (Marina Abrosimova)ning ahvoli birdan yomonlashgani sababli shifokorlar tomonidan sun’iy komaga tushirilgandi. Keyinroq xonandaning vakili uning ahvolida o‘zgarish bo‘lmayotganini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, MakSimning ahvoli og‘ir. Xonanda ayni damda sun’iy nafas oldirish apparatidan uzilib, undan ham kuchlirog‘iga, ya’ni EKMO (qonni kislorod bilan to‘yintiruvchi apparat)ga ulangan.

Taniqli jurnalist Anton Krasovskiy Rossiyaning ommabop shou ko‘rsatuvlaridan birida bu kabi kuchli apparatga ulangan bemorlarning 98 foizi vafot etishini, faqatgina 2 foiz bemorlar yashab ketishini aytib o‘tdi. Biroq ayni shu fikrlari uchun u tanqidga uchradi. Bu haqda “Radio Komsomolskaya Pravda” nashri xabar berdi.

Xonandaning piar menejeri Yana Bogushevskaya bugun ommaviy axborot vositalarida tarqalgan mazkur asossiz xabardan  jahli chiqqanini ma’lum qildi. Chunki MakSimning ayni paytdagi  holati haqida hattoki uning shifokorlari ham hech qanday ma’lumot bermagan. 

Komada yotgan xonanda haqida bu kabi yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishi birinchi marta emas. Avvalroq, qator OAVda soliq deklaratsiyasi yo‘qligi sababli banklar MakSimning hisob raqamlarini bloklashi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Biroq, yulduzning vakili Bogushevskaya bu ma’lumotni ham rad etdi. 

“Bu xabar yolg‘on. Yozishdan oldin siz har xil manbaalar bilan emas, balki xonandaning rasmiy vakillari bilan bog‘lanishingiz kerak”, deb yozgan Bogushevskaya Instagram’dagi shaxsiy sahifasida.

Bugungi kunda MakSimning muxlislari o‘z postlarida xonandaning uyida ikki nafar farzandi (Aleksandra va Mariya) kutayotganini yozib, unga tezroq sog‘ayib ketishni tilashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1531

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing