MakSim sun’iy komaga tushirildi
Madaniyat-san’at
−
19 iyun 2021
40193MakSim taxallusi bilan tanilgan qo‘shiqchi Marina Abrosimova ahvoli yomonlashgani sababli sun’iy koma holatiga tushirildi. Bu haqda RIA Novosti xonandaning vakili bergan ma’lumotga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, MakSimga o‘pkaning qattiq shikastlanishi va kislorod yetishmasligi tashxisi qo‘yilgan. Dastlab, uni koronavirusga chalingan deb taxmin qilindi biroq, test natijasi salbiy chiqqan.
“Xonandaning qonida kislorod bilan to‘yinganlik holati past bo‘lganligi sababli o‘pkasi zararlangan. Shuning uchun shifokor uni sun’iy komaga tushirishga qaror qildi va bu jarayon bir necha kun davom etadi. Hozirda shifokorlar bemordagi kislorod yetishmovchiligini davolab, o‘pkani tozalash uchun barcha harakatlarni amalga oshirishmoqda”, deydi xonandaning vakili.
Ma’lumot uchun, MakSim 2019 yilda avtohalokatga uchrab shifoxonaga yotqizilgan. Shu sababli xonanda sog‘ligini tiklash uchun bir necha yil sahnani tark etgan edi. Shuningdek, u o‘pkasining 40 foizi zararlanishi oqibatida bir muddat shifoxonada davolangan.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi