Komaga tushirilgan MakSimning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Madaniyat-san’at
−
30 iyun 2021
21584Xabaringiz bor, rossiyalik taniqli xonanda MakSim (Marina Abrosimova) ning ahvoli birdan yomonlashib, shifokorlar tomonidan sun’iy komaga tushirilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda shifokorlar xonandani komadan chiqarishni rad etmoqda. Bu haqda RIA Novosti MakSimning vakiliga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, uning ahvolida o‘nglanish bo‘lmayapti. Shu sababli ham bugungi kunda shifokorlar MakSimni komadan chiqarishni rad etmoqda.
“Hech qanday jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi, ammo holati yaxshi”, deydi xonandaning vakili.
MakSim shifoxonaga kislorod yetishmovchiligi va o‘pka shikastlanishi bilan yotqizilgan edi. Shundan keyin xonanda COVID-19 deb tahmin qilingan va zudlik bilan tekshirilgan. Ammo mazkur tashxis tasdiqlanmagan.
“Endi MakSimda testlar o‘tkazilmaydi, tashxisi aniq. Shuning uchun bunga hojat yo‘q”, deydi xonandaning vakili.
Ma’lum qilinishicha, xonanda MakSim shifoxonaga Qozondagi konsertdan so‘ng yotqizilgan. Konsertdan oldin uning isitmasi yuqori bo‘lgan, ammo shunga qaramay shouni bekor qilmaslikka qaror qilingan. Shou davomida xonandaning ahvoli shunchalik yomonlashganki, u nafaqat dori talab qilgan balki, shifoxonaga olib borishlarini so‘ragan.
LiveBarchasi