Maksim Galkin Isroilni qo‘llagani uchun tanqidlarga uchradi

Madaniyat-san’at

image

Turmush o‘rtog‘i Alla Pugachyova va ikki farzandi bilan Isroilga ko‘chib o‘tgan rossiyalik qo‘shiqchi  Maksim Galkin o‘zining Instagram sahifasida Falastin va Isroil o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan qurolli to‘qnashuvda Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.   

“Bugun soat 6.30 da sirena ovozlaridan uyg‘ondik… Bu Isroil uchun qiyin davr. Halok bo‘lganlar va ularning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz. Biz garovga olinganlar uchun ibodat qilamiz. Isroil g‘alaba qozonadi”, deb yozgan Galkin 7 oktyabr kuni sahifasiga joylagan postida. 

Shuningdek, Galkin yumor qilib post ostida “ushbu material xorijiy agent Maksim Aleksandrovich Galkin tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilgan”, deb yozgan. 

Ammo xonandaning ushbu posti obunachilar tomonidan keskin tanqidlarga uchradi va qisqa vaqt ichida yuzlab izohlar qoldirildi. Ular Galkinni ikkiyuzlamachilikda ayblab, “vatanini himoya qilishga” chaqirgan. 

Hozirda postga fikr bildirish imkoniyati o‘chirib qo‘yilgan, avval yozilgan barcha izohlar berkitilgan. Ammo ularning ekran suratlari internetda tarqalgan.

“Qozog‘istondagi konsertlar bekor qilingani juda yaxshi – endi siz Isroilni himoya qilishingiz mumkin", deb yozgan obunachilardan biri.

Ba’zilar Galkin va uning rafiqasi Alla Pugachyova allaqachon boshqa davlatga qochib ketgan, deb taxmin qilmoqda.

 “Galkin, qora kvadrat qayerda? Yoki siz allaqachon buvingiz bilan Isroildan qochib ketganmisiz? ” deb yozgan kuzatuvchilardan yana biri. 

Galkinning rafiqasi, Alla Pugachyova esa hozircha Isroildagi vaziyat haqida gapirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maksim Galkinning Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsertiga ruxsat berilmagandi. Bunga Qozog‘istonning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda Rossiya tomonini qo‘llashi, Galkinning esa urush boshidan beri mamlakatining bu xatti-harakatlarini yoqlamagani sabab qilib ko‘rsatilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

urush Falastin Isroil Maksim Galkin Alla Pugachyova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made