Makron Osiyo davlatlarini ogohlantirdi
Olam
−
31 may 51171 2 daqiqa
Xitoy Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazib, uning Rossiyaga Ukrainadagi urushda yordam berishini to‘xtatishi kerak, aks holda NATO Janubi-Sharqiy Osiyo ishlariga aralashishga majbur bo‘ladi. Bu haqda kecha, 30 may kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Singapurda o‘tkazilgan “Shangri-La dialogi” xavfsizlik konferensiyasida so‘z ochdi.
Siyosatchi so‘nggi yillar davomida Shimoliy Atlantika alyansi Osiyoda qandaydir rol o‘ynashiga qarshi chiqqanini eslatgan.
“Ammo Shimoliy Koreya Rossiya bilan Yevropa hududida birga harakat qilayotgani – bu hammamiz uchun jiddiy masaladir”, degan u va Xitoyni KXDRni qo‘shinlarini uyga qaytarishga majburlashga chaqirgan.
Makron agar bu sodir bo‘lmasa, NATO Osiyo mintaqasidagi faoliyatini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelishidan ogohlantirgan.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik shartnomasi doirasida qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, Pxenyan o‘zining taxminan 15 ming askarini Ukraina Qurolli kuchlar nazorat qilgan Rossiyaning Kursk viloyatiga yubordi. Ushbu kuchlar yordamida hududni qaytarib olishga erishildi. Bundan tashqari, hozirda KXDR Rossiya armiyasiga harbiy harakatlarni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan artilleriya o‘q-dorilarining qariyb yarmiga yaqinini yetkazib bermoqda. Ayrim qismlarda esa Shimoliy Koreya ta’minotiga to‘liq bog‘liqlik yuz foizga yetadi.
Open Source Centre (OSC) tadqiqot markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, Pxenyan umumiy hisobda Moskvaga 6 million dona snaryad yetkazgan bo‘lishi mumkin. Bu esa 2024 yilda G‘arb amaldorlari bahosiga ko‘ra 2-2,3 million dona bo‘lgan Rossiyaning o‘z ishlab chiqarish hajmiga katta qo‘shimcha bo‘lgan.
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya o‘z ittifoqchisiga 120 ta uzoq masofaga uchuvchi artilleriya qurilmasi, 120 ta reaktiv otish tizimi va 148 ta KN-23 va KN-24 ballistik raketalarini jo‘natgan.
Buning evaziga Rossiya Shimoliy Koreyaga yoqilg‘i, raketa texnologiyalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va G‘arb qurollarining namunalarini masalan, Avstriyaning Steyr Mannlicher SS 08 snayper miltig‘ini yetkazib bermoqda. Shuningdek, Kimga o‘ziga xos sovg‘alar berilmoqda: oppoq otlar, ekzotik hayvonlar, Aurus avtomobillari. Aprel oyida Putin bu yordam uchun unga ommaviy minnatdorchilik bildirib, Rossiyada “koreyalik askarlarning jasorati unutilmasligi” va ularni “qahramonlar” sifatida sharaflashlarini aytgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr