Makron koalitsiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qildi, ammo...

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransiyadagi parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida bashorat qilinganidek, “Birga!” koalitsiyasi g‘olib chiqdi. Prezident Emmanuel Makron tarafdorlari Milliy assambleyadagi 245 o‘rinni egallashdi. Bu ma’lumotni dushanbaga o‘tar kechasi “Figaro” gazetasi e’lon qildi. Keyinchalik, Ichki ishlar vazirligining rasmiy kommyunikesi e’lon qilinishi kerak.

Shu bilan birga, Makron tarafdorlari Fransiya parlamenti quyi palatasida mutlaq ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmadi, buning uchun 577 mandatdan 289 tasi kerak edi.

Jan-Lyuk Melanshon boshchiligidagi chap va yashil partiyalar bloki “Yangi xalq ekologik va ijtimoiy ittifoqi” (Nupes) ham bashorat qilingan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Ular Milliy Assambleyada 131 o‘rinni qo‘lga kiritdi va muxolifatdagi yetakchi kuch rolini kafolatladi.

Bu saylov Marin Le Penning “Milliy birlashma”si uchun haqiqiy muvaffaqiyat bo‘ldi. Fransuz millatchilari 89 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi, bu esa tahliliy markazlarning ular uchun bashorat qilgan so‘nggi taxminlaridan ancha ko‘pdir.

64 o‘ringa ega bo‘lgan o‘ng markazchi “respublikachilar” gaulizmning merosxo‘rlari taxminan e’lon qilingan prognozlarga mos keladi.

Qayd etilishicha, ovoz berish juda past faollik bilan o‘tdi: saylovchilarning taxminan 54 foizi saylovlarda qatnashmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya saylov Emmanuel' Makron

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing