Makron Kiyevga aniq takliflar bilan kelmagan – Ukraina TIV
Olam
−
10 fevral 2022 6095 2 daqiqa
Ukraina va Fransiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy hamda Emmanuel Makron joriy yilning, 8 fevral kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish masalasini muhokama qilmagan. Bu haqda, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba kecha, 9 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
“Kecha Zelenskiy va Makron o‘rtasidagi uchrashuvda Ukrainaning Yevroatlantika ittifoqiga intilishlarini rad etishi masalasi ko‘tarilgani yo‘q”, degan vazir.
Kulebaga ko‘ra, Preizdent Makron Ukrainaga aniq takliflar bilan kelmagan va ucharashuv mobaynida u Zelenskiy hokimiyatiga hech qanday talablar ham yuklamagan.
“Prezident Makron Ukrainaga yechimlar bilan kelgan, takliflar bilan emas. Muzokaralar mobaynida tomonlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan ziddayatli vaziyatni hal qilish borasida so‘z yuritdi. Kimdir bizga nimadir yuklashi haqida gap- so‘z bo‘lmadi”, degan Tashqi ishlar vaziri.
Bundan tashqari, ertaga 10 fevral kuni Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Normand formatidagi muzokaralar mobaynida Kiyev Donbass borasida qo‘yiladigan talablarga rozi bo‘lmaydi.
"O‘ylaymanki, yana qiyin va uzoq suhbat bo‘ladi. Rossiya yana Donbass haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishni talab qiladi. Biz yana buni rad etamiz, ammo mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatiyaning “qizil chiziq”larni bosib o‘tmasdan, muzokaralar olib borish va yechim izlashdan boshqa yo‘li yo‘q", deya qo‘shimcha qilgan Ukraina rasmiysi.
Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar doirasida Kreml AQSH va NATOdan o‘z chegaralari yaqinidagi qo‘shinlarini ortga qaytarish va Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilgan.
G‘arb esa Rossiyaning talablarini rad etib, NATO o‘zining ochiq eshiklar siyosatida qat’iy turishi va Ukraining unga a’zo bo‘lish, bo‘lmasligini NATOga a’zo davlatlar va rasmiy Kiyevning o‘zi hal qilishini bildirgan.
Live
Barchasi