Makron Fransiya parlamentini tarqatib yubordi

Olam

image

Fransiyada Yevroparlament saylovlarida markazchi lager mag‘lubiyatga uchragach, mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron parlament quyi palatasini tarqatib yubordi. Bu haqda u kecha, 9 iyun kuni kechqurun ma’lum qildi.

“Men hech narsa bo‘lmagandek harakat qila olmayman. Men Milliy Assambleyani tarqatib yuboraman. Fransiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari 30 iyunda, ikkinchi tur 7 iyulda bo‘lib o‘tadi”, deydi Makron.

Prezident bu bilan fransiyaliklarga parlament kelajagini saylovlar orqali hal qilish huquqini berish niyatida ekanini aytdi. 

Qayd etish joizki, Marin Le Pen tomonidan asos solingan o‘ngchilarning “Milliy birlik” partiyasi Fransiyada Yevroparlament saylovlarida g‘alaba qozondi. Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, u 32 foizga yaqin ovoz to‘plagan, hukmron “Renessans” partiyasi  yesa 15 foizga yaqin ovoz to‘plagan. Uchinchi o‘rinni taxminan 14% natija bilan Fransiya sotsialistik partiyasi egallashi taxmin qilingan.

“Agar fransuzlar bo‘lajak parlament saylovlarida bizga ishonch bildirsa, biz hokimiyat tepasiga kelishga tayyormiz”, dedi Marin Le Pen Yelisey saroyining qarorini olqishlab.

Ma’lumot uchun, 2024-2029 yillar uchun Yevroparlamentga saylovlar 6-9 iyun kunlari Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish har bir davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshirildi. Niderlandiya 6 iyunda, Irlandiya va Chexiya 7 iyunda, Italiya, Latviya, Malta, Slovakiya 8 iyunda, ko‘pchilik hamjamiyat mamlakatlari 9 iyunda ovoz berishgan.

2024 yilda yevropalik deputatlar soni 705 dan 720 gacha kengaytiriladi. Bu saylovda ilk bor Yevroparlament saylovlarida 705 o‘rniga 720 deputat saylandi. Taqsimlash mamlakatlar aholisini hisobga oladi. Kuchli beshlikka Germaniya – 96, Fransiya – 81, Italiya – 76, Ispaniya – 61, Polsha – 53.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Komissiyasining amaldagi rahbari Ursula fon der Lyayen a’zo bo‘lgan Yevropa xalq partiyasi (EPP) Yevropa parlamentiga saylovlarda birinchi o‘rinni egallagani aytilgandi.

Shahnoza Halilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made