Makron bir necha kishiga koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkin
Olam
−
17 dekabr 2020
3922Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches koronavirusga chalingan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan muloqotda bo‘lgani sababli o‘zini izolyatsiya qiladi.
"Bosh vazir o‘zining holatini aniqlash uchun tezkor diagnostik tekshiruvlardan o‘tadi. Aniqlanadigan natijalarga ko‘ra, u keyingi bir necha kunlik ish jadvali to‘g‘risida qaror qabul qiladi", deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Ispaniya Bosh vaziri 24 dekabrga qadar o‘zini o‘zi izolyatsiya qiladi.
Xabarlarga ko‘ra, Sanches va Makron 14 dekabr kuni tushlikda uchrashishgan.
Tushlikda, shuningdek, Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Bosh kotibi Xose Anxel Gurria ham ishtirok etgan.
Shuningdek, Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks ham Makron bilan muloqotda bo‘lgani uchun o‘zini izolyatsiya qilishga qaror qilgan.
Avvalroq, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronda koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi