Makron AQSHni Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kecha, 26 sentyabr kuni AQSHni Isroilni Livan bo‘yicha 21 kunlik sulh rejasini qabul qilishga majburlashga chaqirib, bu bosqin katta xato bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu gaqda “Reuters” nashri xabar berdi. 

Makronga ko‘ra, AQSH Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga 21 kunlik sulh rejasini qabul qilish uchun bosimni oshirishi zarur. Agar Netanyaxu buni rad etsa, Fransiya ushbu masalani BMT Xavfsizlik Kengashida ko‘taradi.

“Biz barcha hamkorlardan buni juda aniq va qat’iy ravishda ifoda etishlarini kutmoqdamiz: Isroil Livanga bostirib kirmasligi kerak. Bugun Livanda urush bo‘lishi mumkin emas, bu katta xato bo‘lishi va taranglik kuchayishiga olib kelishi mumkin” deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri mamlakat armiyasiga “Hizbulloh”ga qarshi bor kuch bilan harakat qilishni buyurib, AQSH va Fransiya ishtirokidagi 21 kunlik sulh rejasini rad etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing