“Makro” supermarketi yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 may kuni Toshkent viloyatidagi “Makro” savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Bugun soat 4:00 da Yangiyo‘l shahri, Samarqand ko‘chasida joylashgan “Darvoza Savdo” MCHJga qarashli “Makro” savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in natijasida majmuaning 750 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Yong‘in oqibatida majmuaning 1-qavatidagi 30 kv metr maydonda savdo rastasi va 3 dona muzlatgich yonib zararlangan. Yong‘inni taxminiy sababi majmuadagi muzlatgichning elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong‘in Makro supermarketi

Baholaganlar

585

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing