Toshkentda uy yerto‘lasi yondi

Jamiyat

image

Kecha, 23 iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi uylardan birida chiqqan yong‘in sabab bir kishi jarohatlandi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat 17:59 da Sergeli tumani Qo‘shko‘rg‘on 4-tor ko‘chasi 127-uyning yerto‘lasida boshlangan. Yerto‘ladagi eski uy jihozlari 10 kv.m maydonda yongan. Yong‘indan uyning 30 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalarining harakati bilan yong‘in soat 18:14 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb, tahmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong‘in Sergeli tumani

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing