Makka va Madina oralig‘idagi vokzalda yirik yong‘in yuz berdi

Olam

Kecha, 29 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi markaziy temir yo‘l vokzalida kuchli yong‘in yuz berdi. Natijada 5 kishi jabrlandi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Yong‘in binoning tom qismida boshlangan. Hodisa sababli vokzalda temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan.

Al-Xaramayn tez yurar temir yo‘l liniyasi musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka va Madina shaharlarini Qizil dengiz bo‘yidagi Jidda porti bilan bog‘laydi. 450 km atrofidagi ushbu trassani qurish uchun 7 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Jiddadagi temir yo‘l stansiyasi turizmni rivojlantirish loyihasi doirasida qurilgan. Al-Xaramayn yo‘li o‘tgan yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Makka Madina

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing