Maxsus komissiya test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilda oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari ochiq maydonlarda va stadionlarda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida qaror qabul qilindi, deb xabar berdi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Yig‘ilishda koronavirus tarqalishining oldini olish, aholining muayyan qatlamini ommaviy vaksinatsiyalash ishlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, yig‘ilishda joriy yilgi test sinovlarini avgust oyida ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.

Komissiya test sinovlarini sentyabr yoki oktyabr oylariga qoldirish ehtimolini ko‘rib chiqmagan. Ammo yig‘ilishda test topshiriladigan 5 ta fan (3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanidan) bo‘yicha savollarni kamaytirish masalasi ko‘rilgan, ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Ma’lum qilinishicha, imtihonlar 2 smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 7:00 da, ikkinchisi 18:00 da boshlanadi. Test sinovlariga tayyorgarlik jarayonida kuzatuvchilar va nazoratchilar koronavirusga qarshi emlanadi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tegishli idoralarga test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishga topshiriq berildi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon DTM

Baholaganlar

615

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made