Maxachevning doping iste’mol qilgani bo‘yicha hech qanday dalil topilmadi

Sport

image
0:00
0:00
download

Avstraliya yakkakurash komissiyasi rossiyalik jangchi Islom Maxachevning taqiqlangan dori vositalarini iste’mol qilganiga oid hech qanday dalil topmadi va antidoping qoidalarining buzilishi bo‘yicha tergov ochishdan bosh tortdi. Bu haqda “MMA News” xabar berdi.

Bir necha kun oldin avstraliyalik jangchi Aleksandr Volkanovski va uning hamyurti Den Xuker Maxachevni noqonuniy moddalarni iste’mol qilganlikda va noqonuniy tiklanish usullaridan foydalanganlikda ayblagan edi. Rossiyalik jangchi bu ayblovlarni rad etib, Avstraliya atletika komissiyasi (AIS)ga qon topshirdi.

“Avstraliya yakkakurash komissiyasi jangovar sport turlaridagi firibgarlikning har qanday shaklini qo‘llab-quvvatlamaydi, komissiya Butunjahon antidoping agentligi (WADA) bilan mos keladigan aniq siyosatga ega. Komissiyada Maxachev ishi bo‘yicha ishonchli dalillar yo‘q. Maxachev ishida birorta dalil topilmagunicha, komissiya uning ustidan tergov olib bormaydi”, deyiladi AIS bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni Maxachev Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tgan UFC turnirida hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Volkanovskini mag‘lub etdi va tashkilotning yengil vazn toifasida chempionlik unvonini himoya qildi. 31 yoshli sportchi UFC'da 24 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing