Maxachevni Habibning oldida taslim bo‘lishga majbur qilaman – Topuriya

Sport

image

Gruziyalik jangchi va UFC yengil vazn toifasidagi chempioni Iliya Topuriya yarim o‘rta vazn toifasidagi chempion Islom Maxachev bilan jang qilish istagini bildirdi. Bu haqda “heavy” nashri xabar berdi.

“Men o‘zimning kuchli tomonlarimni to‘g‘ridan to‘g‘ri janglarda deb bilaman, lekin so‘nggi paytlarda tushundimki, bu jamoatchilik ko‘rishni istagan narsa emas. Lekin Islom misolida, ehtimol, bu jamoatchilik ko‘rishni istagan narsadir”, deydi Topuriya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Maxachevni oyoqlari bilan mag‘lub etib, kerakli joylarga 3-4 marta zarba berish va keyin teykdaun orqali uni Habib Nurmagomedovning oldida taslim qilishni rejalashtirgan:

“Uni oyoqlarim bilan mag‘lub etaman, kerakli joylarga uch yoki to‘rt marta zarba beraman va keyin teykdaun bilan Habibning oldida taslim bo‘lishga majbur qilaman”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Iliya Topuriya oxirgi marta 29 iyun kuni oktagonga ko‘tarilgan edi. U yengil vazndagi bo‘sh turgan chempionlik kamari uchun sobiq UFC chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi jang qildi va raqibini ilk raundda nokaut bilan mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islom Maxachev Iliya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing