Maxachev Topuriya bilan super jang haqida qaror qabul qildi

Sport

image

Rossiyalik yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC chempioni Islom Maxachev gruzin millatiga mansub ispaniyalik jangchi, yengil vazn toifasidagi chempion Iliya Topuriya bilan jang qilishga yoki Vashingtondagi Oq uyda bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Maxachev “Telegraf” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Hozirda mening vazn toifamda chempionlik uchun kurashishga loyiq yetarlicha da’vogar bor. UFC menga yangi maqsad belgilashi kerak, shunchaki kutyapman”,  deydi Maxachev.

U shuningdek, Iliya Topuriya bilan jang bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirgan.

“Bu g‘oya menga yoqdi. Agar UFC buni xohlasa va ko‘plab MMA muxlislari ham bu jangni istasa, men tayyorman”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Shuningdek, Maxachev Vashingtondagi Oq uyda bo‘lib o‘tadigan turnir haqida to‘xtalib o‘tgan. 

“Bu mening keyingi jangimni o‘tkazishim mumkin bo‘lgan maydonlardan biri. Ramazon oyi davomida bir oy mashq qilmayman, shundan keyin asta-sekin tayyorgarlikni boshlayman. Oq uy turniri bo‘lsin yoki boshqa sanalar bo‘lsin, men tayyorman”, deydi Maxachev.

Ma’lumot uchun, Maxachev amaldagi yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC chempioni (77 kg) bo‘lib, ushbu unvonni 2025 yil 15 noyabrda UFC 322 musobaqasida Jek Della Maddalenani mag‘lub etib qo‘lga kiritgan.

Topuriya esa amaldagi UFC yengil vazn toifasidagi chempion. 2025 yilda u vazn toifasida yuqoriga ko‘tarilib, Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, bo‘sh turgan chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islom Maxachev Iliya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing