Maxachev diskvalifikatsiya oldi

Sport

image

Rossiyalik yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC chempioni Islom Maxachev qovurg‘asi ko‘kargani sababli 30 kunlik tibbiy diskvalifikatsiya oldi. Bu haqda Pensilvaniya shtati atletika komissiyasi (PSAC) ma’lumotlariga tayanib, “MMA Junkie” xabar berdi.

Maxachev joriy yilning 16 avgust kuni UFC turniri doirasida irlandiyalik Yan Garriga qarshi jang vaqtida jarohat olgan. Rossiyalik jangchi yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini g‘alaba bilan himoya qildi. Shuningdek, u UFC tarixidagi eng uzoq g‘alabali seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Hozirda uning g‘alabalar seriyasi 17 ta jangdan iborat.

Yan Garriga qarshi jang 34 yoshli rossiyalik jangchining yarim o‘rta vazn toifasidagi ikkinchi jangi bo‘ldi. U mazkur vazn toifasidagi chempionlik kamarini 2025 yil noyabr oyida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi jangda qo‘lga kiritgan edi.

Bunga qadar Maxachev yengil vazn toifasida ishtirok etgan va 2022 yil oktyabridan 2025 yilgacha UFC chempioni bo‘lib, kamarini to‘rt marta himoya qilgan.

Maxachev professional MMA faoliyatida 29 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U yagona mag‘lubiyatini UFC’dagi ikkinchi jangida – 2015 yil 3 oktyabr kuni braziliyalik Adriano Martinesga qarshi jangda birinchi raundda nokaut bilan qabul qilib olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing