Maxachev 6 oy oldin Twitter’da bergan va’dasining ustidan chiqdi
Sport
−
24 Oktabr 2022
5724Yengil vaznda UFC kamarining yangi sohibi Islom Maxachevning 6 oy oldin Twitter’da qo‘ygan posti ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Joriy yilning 6 may kuni qo‘yilgan postda Maxachev “Men Oliveyrani uch raund ichida bo‘g‘ib qo‘yaman. Bu gapimni eslab qoling”, deb yozib qoldirgan edi.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli rossiyalik jangchi UFC 280 promoushenining markaziy bahsida braziliyalik Charlz Oliveyrani 2-raundda olti oy oldin o‘zi aytganidek bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratdi va UFC'ning yangilangan reytingida 1-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Avvalroq, UFC 280 oqshomining markaziy jangi ishtirokchilari Abu-Dabidagi promoushendan qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘lgandi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi