Murodov Borraloga qarshi jangdan qancha daromad ko‘rdi?
Sport
−
24 Oktabr 2022
32533O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov BAA poytaxti Abu-Dabi mezbonlik qilgan UFC 280 promoushenida braziliyalik Kayo Borraloga qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi.
32 yoshli Murodov ushbu jangdan 33 000 dolllar daromad ko‘rdi. Jang g‘olibi Kayo Borralo esa 24 000 dollarga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Murodov UFC’da ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 2021 yilda u AQSH vakili Jerald Mirshert bilan jangda imkoniyatni boy bergandi.
Eslatib o‘tamiz, UFC 280 oqshomining markaziy jangi ishtirokchilari Islom Maxachev 1 032 000 dollar, Charlz Oliveyra esa 1 292 000 dollar foyda ko‘rdi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi