Makgregorning qancha mablag‘ yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Jahonning ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga tegishli McGregor Sports and Entertainment Ltd kompaniyasi 726 ming 940 dollar zarar ko‘rdi.
Auditorlik hisob-kitoblariga ko‘ra kompaniyaning so‘nggi bir yilda ko‘rgan zarari 338 ming 709 dollarga yetgan. Ushbu summaning 230 ming 560 dollari maoshlarga sarflangan. Kompaniyani Konorning rafiqasi Di Devlin boshqaradi. 

2014 yilda tashkil etilgan kompaniya sport menejmenti, promoushen hamda reklama bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda ushbu kompaniya Yevropadagi McGregor IP BV kompaniyasi bilan "Conor McGregor" savdo markasi uchun sudlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregorning 2019 yildagi daromadi Forbes tomonidan 47 million dollarga baholangan edi. Ushbu summaning 30 million dollari Habib Nurmuhamedovga qarshi kechgan jangdan ishlab topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor summasi

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing