Makgregorni mashina urib yubordi (video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Irlandiyalik UFC jangchisi, o‘rta vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregorni velosiped haydab ketayotganida mashina urib yubordi. Makgregor holat tasvirlangan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

“Hozirgina meni mashina urib yubordi. Kurash va dzyudo bilan shug‘ullanganim foyda berdi. Qanday qilib to‘g‘ri yiqilishni bilishim hayotimni saqlab qoldi”, deb yozadi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qayd etilishicha, mashina haydovchisi ko‘ziga quyosh nuri tushgani bois, velosipedda harakatlanib ketayotgan Konorni ko‘rmay qolgan. YTH oqibatida jangchi jiddiy jarohat olmagan.

Ma’lumot uchun, Makgregor UFC'da 28 ta jang o‘tkazib, 22 ta bahsda g‘alabaga erishgan. U 19 ta jangda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Makgregor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing