Makgregor uzoq muddatga safdan chiqdi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, 24 yanvar kuni Abu-Dabidagi (BAA) "Janglar oroli"da bo‘lib o‘tgan UFC 257 musobaqasining asosiy bahsida irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor amerikalik Dastin Porega mag‘lub bo‘ldi.

Jangning ikkinchi raundi tugashidan oldin Pore Makgregorning oyog‘iga kuchli zarba berdi. Ushbu jarohati tufayli Makgregor tibbiy ko‘rsatmagan binoan 180 kun jang o‘tkaza olmaydi. Bu haqda “MMAJunkie” xabar bergan. 

Sportchi o‘ng oyog‘ining boldir suyagi jarohatlangan. Agar jarohati tiklanib, shifokorlar ruxsat bersa, u mashg‘ulotlarga oldinroq qaytishi mumkin bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, ushbu jang tugaganidan so‘ng, Makgregor darhol karerasini yakunlamoqchi emasligini, 2021 yilni faol o‘tkazishni rejalashtirganini aytgandi.

Konor Makgregor UFC'da 27 bor jang o‘tkazib, 22 marta g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Makgregor

Baholaganlar

845

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing