Makgregor Porega qarshi revansh jang sanasini oshkor qildi

Sport

image

Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor va amerikalik Dastin Pore o‘rtasidagi uchinchi jang 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda yengil vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Jang tayinlandi! 10 iyul kuni siz Mak nimalarga qodir ekanini ko‘rasiz”, deb yozgan Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore irlandiyalik Konor Makgregor bilan uchinchi jangi uchun shartnomaga imzo chekkandi.

Katta ehtimolga ko‘ra, musobaqa Las-Vegasdan tashqarida o‘tkaziladi, chunki koronavirus pandemiyasi sababli iyul oyida Nevada shahrida ommaviy tadbirlarga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

780

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing