Makgregor Kaneloni qo‘lsiz ham mag‘lub eta olishini aytdi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni iralndiyalik Konor Makgregor va boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni meksikalik Saul Alvares (Kanelo) ijtimoiy tarmoqda bahslashib qoldi.

“Men chap qo‘lman, Jon Rayder chap qo‘l, Billi Jo Sonders chap qo‘l –  Kaneloni yengish uchun nima qilish kerakligini bilaman. Hech qanday muammosiz Kanelloga qarshi jang qilgan bo‘lardim”, deydi Makgregor.

Konorning fikrlariga Alvares javob qaytardi.

“Men uni nima deganini ko‘rmadim, chunki hozir mening telefonimda ijtimoiy tarmoq yo‘q, lekin men uni bir qo‘lim bilan urib qo‘yaman”, deydi Saul Alvares.

Makgregor tresh-tokingni to‘xtab qolishini istamadi.

“Kanelo, ey kichkina sariq sosiska! Men seni umuman qo‘lsiz urgan bo‘lardim. Buni unutma”, deydi Konor.

Konor Makgregor professional boksda ham bitta jang o‘tkazgan.  Unga amerikalik boks afsonasi Floyd Meyvezer raqiblik qilgan. Mazkur to‘qnashuv Konorning texnik nokautga uchrashi bilan yakunlangan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC Konor Makgregor Saul' Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing