Makgregor 2020 yilning eng daromadli jangini ma’lum qildi
Sport
−
22 dekabr 2020
7082Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor UFC'ning 2020 yildagi eng yuqori daromadli jangini e’lon qildi.
Irlandiyalik jangchi Twitter'da unga UFC'dan yuborilgan hujjatning skrinshotini joylashtirgan. Unda UFC 246 turniri 1 mln 353 ming 429 ta pulli translyatsiya uchun sotilgani ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, UFC 246 turniri joriy yilning 18 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan.
Turnirning asosiy jangida Makgregor Donald Cyerroneni nokautga uchratgan.
Makgregor suratda qoldirgan izohida UFC'ni yaxshi o‘tkazilgan yil bilan tabriklagan.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor 2021 yilning 23 yanvar kuni UFC 257 turniri doirasida Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi.
Avvalroq, videobloger va bokschi Jeyk Pol Makgregorni jangga chorlab, jang uchun unga 50 million dollar taklif qilgandi.