Magistral tarmoqlarga uzoq muddat e’tibor bermaganmiz – Jo‘rabek Mirzamahmudov (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda magistral tarmoqlar 2030 yilgacha yaratiladigan generatsiya quvvatlarini qabul qilishga to‘liq tayyor emas. Bu haqda bugun, 11 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov so‘z ochdi. 

Majlisda Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot bergan. Deputatlar esa unga magistral tarmoqlar 2030 yilgacha yaratiladigan generatsiya quvvatlarini qabul qilishga qanchalik tayyor ekani haqida savol bilan chiqqan.

“Hozirgi kunda magistral tarmoqlar to‘liq tayyor emas. Mana hozir 2025 yilning o‘zida taqsimlash tarmoqlariga juda katta mablag‘ – 2 trillion o‘zlashtiriladi. Bir narsani aytmoqchimanki, magistral tarmoqlarga uzoq muddat e’tibor bermaganmiz. Chunki xuddi generatsiyaga o‘xshab yetarli deb yurilgan”, deydi vazir.

Uning aytishicha, Prezidentning topshirig‘i asosida magistral tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, 220-500 kilovattli eng yuqori kuchlanishli 5000 km yangi tarmoqlar qurilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatidagi 1500 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasida nosozlik kuzatilgani va buning ortidan ayrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing