Maduro Manxetten federal sudiga olib borildi (video)

Olam

image

AQSH kuchlari tomonidan qo‘lga olingan Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Bearcat mashinasi va vertolyot yordamida Manxetten federal sudiga yetkazildi. Bu haqda 6ABC News nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, Maduro bugun, 5 yanvar kuni Nyu-York vaqti bilan 12:00 larda dastlabki sud majlisida ishtirok etadi va sudya Elvin Hellershteyn oldida to‘rt bandli ayblovlar bilan sud qilinadi. 

Xabarda aytilishicha, Venesuela rahbari mashinaga chiqishda ham yordam olgan, hatto unga vertolyotga ko‘tarilish uchun ham yordam kerak bo‘lgan.  Maduro va uning rafiqasi odatda qamoqqa olingan shaxslarga kiydiriladigan jigarrang kombinezon kiygan holatda ko‘rinish bergan. Ular hozirda narkotik kontrabandasi va boshqa jinoyatlar bo‘yicha ayblanmoqda, biroq ko‘plab davlatlar AQSHning ushbu harakatlarini qoralamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi bugun Kolumbiya tomonidan chaqirilgan Maduroning hibsga olinganiga bag‘ishlangan favqulodda yig‘ilishni o‘tkazadi. BMT bayonotida Guterreshning “Venesueladagi so‘nggi keskinlashuvdan chuqur xavotirda” ekanligi aytilgan va AQSHning harakatlari “xavfli hodisa” yaratishini bildirgan.

Shuningdek, Maduroni qo‘llab-quvvatlash uchun Venesuela fuqarolari ham ko‘chalarga chiqmoqda. Ular dam olish kunlari shahar bo‘ylab namoyishlar o‘tkazgan.

Maduro mamlakatdan olib chiqib ketilgan harbiy operatsiyadan so‘ng, Donald Tramp AQSH Venesuelani kamida vaqtincha boshqarishini va uning ulkan neft zaxiralarini boshqa davlatlarga sotishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan. Bu harakat hozirda 2003 yil Iroqni bosib olishdan keyingi eng keng qamrovli AQSH rejim o‘zgartirish amaliyoti sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York meri Zohran Mamdani AQSH tomonidan Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyani “urush harakati” va xalqaro hamda federal qonunlarning buzilishi sifatida baholagan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing