Madrimovning raqibi o‘zbek bokschisini haqiqiy chempionligini tan oldi
Sport
−
16 Oktabr
17090O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovning bo‘lajak raqibi ukrainalik Sergey Bogachuk Krouford bilan jangda Terens g‘alabaga loyiq emasligini, Madrimov haqiqiy chempion ekanligini bildirdi.
“Isroil Madrimov – judayam yaxshi va mahoratli bokschi, havaskorda ham yaxshi natijaga ega. U havaskorda yaxshi natija ko‘rsatib, profboksda ham ajoyib tarzda ketayotgan edi. Rasman unda faqat Krouforddan uchralgan 1 ta mag‘lubiyat bor, lekin men Krouford kuchli bo‘lgan va g‘alaba qozongan deb, hisoblamayman. Krouford qo‘lini baland ko‘tarilishi uchun hech narsa qilmadi. Men uchun o‘sha jangda Madrimov haqiqiy chempion. Madrimov judayam kuchli raqiblar bilan jang qilgan. Men uchun Madrimov bilan jang qilish – judayam yaxshi tajriba, bu jang amalga oshayotganidan baxtliman”, deydi Bogachuk.
Bogachuk nima uchun o‘ziga Madrimov raqib sifatida tanlanganiga ham izoh berdi.
“Men Ortis bilan, Madrimov Krouford bilan jang qilishidan oldin, odamlar Krouford-Ortis jangini ko‘rishni xohlashar edi. Madrimovning Krouford bilan jangi va men Ortis bilan o‘tkazgan jangimizdan keyin, odamlar Krouford-Ortis jangini eslaridan chiqarib yubordi. Hakamlar raqiblarimizni qo‘lini ko‘tardi, lekin men bilan Madrimovni jangimizni tashkil qilishmoqda. Bu g‘alati. Meni va Madrimovni xaqiqiy chempionligimizni hamma ko‘rdi va tan oldi”, deydi ukrainalik bokschi.
Ma’lumot uchun, Madrimov bilan tengdosh bo‘lgan Bogachuk shu vaqtga qadar 26 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 2 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Madrimov esa 11 marta jang qilib, 10 tasida g‘alaba qozongan. Madrimov-Bogachuk jangi 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi